Farg‘onada futbolni rivojlantirish uchun “Beshiktosh” bilan hamkorlik qilinadi 

Sport

image

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi vakillari Istanbulda “Beshiktosh” klubi stadionida bo‘lib, klub boshqaruv kengashi a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Beshiktosh” klubi rahbarlaridan Qodir Qilich bilan o‘tkazilgan muloqotda Farg‘ona viloyatida sportning jamoaviy turlari, xususan, futbolni rivojlantirishda, yosh iste’dodli futbolchilarni aniqlash va tayyorlashda “Beshiktosh” klubi bilan keng hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilingan.

Shuningdek, Farg‘ona delegatsiyasi Istanbul klubi tarixi muzeyi hamda “Tupras” o‘yingohi bilan ham tanishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Xayrullo Bozorov Beshiktosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made