O‘zbekiston Transport vaziri Qobulda “Tolibon” rahbariyati bilan uchrashdi

Olam

image

Afg‘onistonga Transafg‘on temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash uchun muhandislar guruhi yetib bordi. Tashrif doirasida Qobul shahrida O‘zbekiston Transport vaziri Ilhom Mahkamov va “Tolibon” tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatda tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Halva” xabar berdi.

Mahkamovning aytishicha, bir necha hafta ichida O‘zbekistondan yana bir delegatsiya jihozlar bilan Afg‘onistonga boradi va tuval yotqizish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlaydi.

Bundan tashqari, neft va gaz sanoati vakillari “Tolibon” konchilik va sanoat vazirligi bilan Afg‘oniston uglevodorodlarini ishlab chiqarishni muhokama qilgan. O‘z navbatida, “Tolibon” 1 million tonna ko‘mir sotib olish, Mozori Sharifda Imom al-Buxoriy nomidagi madrasa qurish masalalarini ko‘targan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonga borib, “Tolibon” rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tolibon Ilhom Mahkamov Amirxon Muttaqiy Transafg'on temiryo'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing