O‘zbekiston Tojikistonga jihozlangan tibbiy konteynerlar berdi
Jamiyat
−
08 May 2020 13131 1 daqiqa
Kecha, 7 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga insonparvarlik yordami tarzida 144 ta mobil tibbiy konteynerlar jo‘natishga ko‘rsatma berdi, deb xabar bermoqda “ASIA-Plus” nashri.
Konteynerlar bugun, 8 may kuni poyezdda Dushanbega yetkazilgan. Bunday konteynerlardan koronavirus pandemiyasi vaqtida mobil shifoxona qurishda foydalaniladi.
Konteynerlarga karavot (choyshablari bilan), yuvinish uchun dush, konditsioner o‘rnatilgan. Konteynerlar mobil shifoxona quriladigan “Bofanda” stadioniga olib boriladi.
Avvalroq, koronavirusga qarshi kurashda tajribaga ega bo‘lgan bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistonga yuborilgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr