O‘zbekiston Tojikistonga mamlakatda muqobili yo‘q tibbiy markaz qurib beradi

Olam

image
Qirg‘izistonda O‘zbekiston mablag‘idan yana ikkita shifoxona qurildi north_east

Qirg‘izistonda O‘zbekiston mablag‘idan yana ikkita shifoxona qurildi

O‘zbekiston rasmiy Dushanbening iltimosiga javoban Tojikiston janubida COVID-19 ga chalinganlarni qabul qilish markazini qurishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Yangi tibbiy muassasa Xatlon viloyatining Kubodiyon tumanida, O‘zbekiston tomonidan bunyod etilayotgan tibbiy markaz negizida quriladi. Shifoxonani jihozlash ham O‘zbekiston tomonidan, aniqrog‘i “O‘zbekneftgaz”ning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Rasmiy Toshkent qurish va jihozlashni rejalashtirgan COVID-19 bemorlarini qabul qilish va taqsimlash markazining Tojikistondagi yagona va muqoili yo‘q muassasa bo‘ladi.

Taqsimlash markazida o‘rnatiladigan uskunalar odamda koronavirus infeksiyasi borligini tezda aniqlashga va aniqlangan COVID-19 bemorlarini zudlik bilan viloyat va poytaxt shifoxonalariga malakali yordam olish uchun yuboradi.

Kubodiyonda modernizatsiya qilingan tibbiyot majmuasi qurilishi O‘zbekiston tomonidan 2018 yilning ikkinchi yarmida boshlangan va quruvchilarning rejalariga binoan u 2021 yilning bahoriga qadar bemorlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi.

Markaz qurilishi 2018 yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi davomida ma’qullangan loyihalaridan biridir.

Bundan tashqari, kelishuvlar doirasida, 2020 yil sentyabr oyida O‘zbekistonni mablag‘lari hisobiga, So‘g‘dning Spitamen tumanida 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan yangi maktab foydalanishga topshirildi.

Bunga javoban Tojikiston hukumati Samarqandda 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab va Farg‘ona viloyatida bolalar bog‘chasi qurishini ma’lum qildi. Tegishli buyruq Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan 2018 yil mart oyida imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing