O‘zbekiston Tojikistondagi damba yorilishi xavfi bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazadi
Jamiyat
−
15 may 2021
24138O‘zbekistonda Tojikiston hududidagi Sarez ko‘li dambasining yorilishi oqibatida suv toshqini xavfi yuzaga kelganda aholini shartli evakuatsiya qilish bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkaziladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19-21 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari boshqaruv organlari va FVDT quyi tizimlari xizmatlarining Tojikiston Respublikasi hududidagi Sarez ko‘li dambasi yorilishi oqibatida suv bosish xavfi yuzaga kelganda aholini shartli evakuatsiya qilish tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha respublika miqyosidagi maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur tadbirlarni yoritish davrida aholi orasida vahima va tushunmovchiliklarning oldini olish, tadbirlar o‘quv mashqlari doirasida o‘tkazilayotganligini tushuntirish maqsadida viloyat OAV vakillarini hamkorlikka taklif etgan.
LiveBarchasi