O‘zbekiston Tojikiston shimoliga tabiiy gaz yetkazib berishni tikladi

Olam

image

Kecha, 23 dekabrdan O‘zbekiston Tojikiston shimoliga tabiiy gaz yetkazib berishni tikladi. Bu haqda “Sugdiyongaz” kompaniyasi vakillari Xo‘jand shahridagi marosim vaqtida aytib o‘tgan.

Kompaniya rahbari Abduhakim So‘fiyev O‘zbekiston har 1000 kub metr tabiiy gazni 130 dollardan yetkazib berayotganini ma’lum qilgan.

“10 yil oldin biz o‘zbek gazining har ming kub metrini 340-360 dollardan sotib olishga majbur edik”, degan So‘fiyev.

Ayni vaqtda Xo‘jandda aholining katta qismi har litri 4 somon turuvchi suyultirilgan gazdan foydalanishga majbur. Ammo markazlashgan gaz ta’minoti tiklanganidan keyin ular ikki baravar kam pul to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Tojikistonga tabiiy gaz yetkazishni 2012 yilda to‘xttagan. 2011 yil oxirida Tojikiston har ming kub metr o‘zbek gazini 370 dollardan sotib olgan. Keyinroq 2018 yilda tabiiy gaz yetkazib berish tiklangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 dekabr kuni qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev gaz eksportini qisqartirib, avvalo aholi ehtiyojlarini qondirish yuzasidan ko‘rsatma bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston tabiiy gaz

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing