O‘zbekiston TIV Rossiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy o‘quv yurtlari talabalariga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda ta’kidlanishicha, xavotirlanishga sabab va asoslar yo‘q. O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi hamda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin va doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Aytilishicha, O‘zbekiston fuqarolari uchun biron bir xavf-xatar yuzaga kelganda, tezkor ravishda tegishli choralar ko‘riladi.

Vazirlik zarur hollarda fuqarolar quyidagi aloqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidlagan:

O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi: +7 499 230-00-76, +7 499 230-00-32; 

Rostov-Dondagi Bosh konsulxona: +7 988 586-59-82, +7 918 554-04-76, +7 988 586-70-35, +7 988 586-59-82.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari maxsus harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgandi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi harbiy harakatlar boshlanishi ortidan murojaat bilan chiqib, diplomatik idora tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati ishlab chiqilayotganini ma’lum  qildi. Shuningdek, elchixona Ukrainada ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni o‘z Vatanlarida masofaviy shaklda davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.

“Uzbekistan Airways” AJ esa Ukraina havo hududi yo‘lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan Kiyevga parvozlarni bekor qildi.
 

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

613

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing