O‘zbekiston TIV rahbari Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri bilan uchrashdi

Olam

image
image

Bugun, 19 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov London shahrida Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi spikeri Lindsi Xoyl bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda o‘zining Telegram-sahifasida ma’lum qildi.

“Muzokaralarimiz O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi aloqalarni, xalqlarimiz o‘rtasidagi chuqurlashib borayotgan sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratildi”, deya yozgan u.

Uchrashuvda savdo, ta’lim, xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘zaro almashinuvlarni jadallashtirish hamda umumiy maqsadlarni ilgari surish uchun zarur bo‘lgan parlamentlararo hamkorlikni faollashtirish yo‘llari muhokama qilingan.

“Xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish jadal davom etayotgan tashqi siyosatimizning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda”, deydi Saidov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi biln uchrashgandi. Uchrashuv yakunida vazirliklar o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Lindsi Xoyl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing