O‘zbekiston TIV Pokistondagi teraktga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
31 iyul 2023
4657Kecha, 30 iyul kuni Pokistonda “Islom ulamolari kengashi” partiyasining qurultoyida portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamdardlik bildirdi.
“Pokistonning Bajaur hududidagi siyosiy qurultoyda sodir bo‘lgan terrorchilik hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lganidan chuqur qayg‘udamiz. Qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z hamdardligimizni bildiramiz. Bu og‘ir damlarda birodar Pokiston bilan birgamiz”, deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, hujum Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi Xar shahrida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari vakillarining aytishicha, xudkush terrorchi islomiy partiya qurultoyiga portlovchi moddalar olib kelgan va uni partiya a’zolari so‘zlaydigan sahna yonida portlatgan. Guvohlar portlash vaqtida kongressda 500 ga yaqin odam bo‘lganini aytgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning dastlabki 6 oyida Pokistonda teraktlar soni 79 foizga oshgan – olti oy ichida mamlakatda 271 ta terakt sodir etilgan, buning oqibatida 389 kishi halok bo‘lgan.
LiveBarchasi