O‘zbekiston TIV Falastin-Isroil mojarosidan xavotir bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Falastin-Isroil mojarosi hududida tinch aholi orasida ko‘plab qurbon berilishiga olib kelgan va butun Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi.

TIV kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirgan.

“So‘nggi voqealar munosabati bilan halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz va barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.  G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hujumlarida 436 kishi, jumladan 91 bola halok bo‘lgan va 2270 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, 7 oktyabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohilda 15 nafar falastinlik Isroil o‘qlaridan halok bo‘ldi. Shuningdek, Isroil matbuoti 700 kishi halok bo‘lgani va 2300 dan ortiq isroillik jarohat olgani haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Falastin-Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing