O‘zbekiston Tinch okeanidagi davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tinch okeanidagi orol davlat – Palau bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Palau Davlat vaziri Gustav Aytaro janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatishga doir tarixiy hujjat – Qo‘shma kommyunikeni imzoladik”, deb yozdi Saidov.

Uning bildirishicha, ushbu muhim qadam nafaqat o‘zaro ezgu niyatni ifoda etadi, balki hamkorlik va sheriklikning istiqbolli kelajagiga yo‘l ochadi.

“O‘zbekiston va Palau o‘rtasida yangi imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish hamda mustahkam va uzoq muddatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz”, deydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.

Ma’lumot uchun, Palau – Tinch okeanining Filippin dengizida joylashgan orol davlat hisoblanadi. U Filippindan 800 km sharqda va Indoneziyadan shimolda joylashgan. Mamlakat aholisi qariyb 21 ming kishini tashkil etadi, poytaxti esa Ngerulmud hisoblanadi.

Qayd etish joiz, Palau davlati O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 165-mamlakat sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Sharqiy Afrikada joylashgan Keniya mamlakati bilan diplomatik aloqa o‘rnatgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Palau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing