O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sport

−

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati yakunlanmoqda. Kecha, 11 oktyabr kuni musobaqaning so‘nggi kunida o‘tkazilgan aralash jamoaviy bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Saralash bosqichida Germaniya va Gruziya terma jamoalarini mag‘lub etgan O‘zbekiston terma jamoasi yarim finalda Rossiya jamoasiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bronza medali uchun kechgan bahsda esa o‘zbekistonlik dzyudochilar Mo‘g‘uliston vakillarini 4:2 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi.

Ma’lumot uchun, 2025 yilgi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 7-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing