O‘zbekiston terma jamoasi yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi
Sport
−
19 mart 32398 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sherzod Nasrullayev terma jamoa safida Qirg‘izistonga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yinida maydonga tushmaydi. “Asiasport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi jarohat olgan va shuning uchun ham jamoaga Hojimat Erkinov chaqirilgan. Shuningdek, Oston O‘runovning o‘yinda maydonga tushishi hamon so‘roq ostida.
“Shu tariqa, “Rubin”da juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan Ashurmatov va “Nasaf” a’zosi G‘olib G‘aybullayev himoya markazida Husanovga yordam berish uchun maydonga tushadi. Nazariy jihatdan uchinchi markaziy himoyachi sifatida Sayfiyevdan foydalanish mumkin bo‘lardi, lekin katta ehtimol bilan u Nasrullayev o‘rniga chap qanotda o‘ynaydi. O‘runov pozitsiyasida esa Kapadzening tanlov imkoniyatlari bisyor”, deyiladi manba xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi oq libosda harakatlanishi xabar qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr