“O‘zbekiston temir yo‘llari” Arisdagi portlash sabab ayrim qatnovlarni to‘xtatdi
Jamiyat
−
25 iyun 2019
3689Xabaringiz bor, kecha, 24 iyun kuni Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda portlash sodir bo‘ldi. Natijada “Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi” AJ poyezdlar harakati, shu jumladan, yo‘lovchi poyezdlarni to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu sababdan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ham quyidagi yo‘lovchi poyezdlarining Aris stansiyasi orqali harakat qayta ishga tushishiga qadar vaqtincha to‘xtatdi:
№5/6 Toshkent – Moskva
№149/150 Andijon – Moskva
№315/316 Toshkent – Qozon
№369/370 Toshkent – Novosibirsk
№381/382 Toshkent – Ufa
№365/366 Toshkent – Chelyabinsk
№321/322 Olmaota – Nukus
№2/1 Olmaota – Toshkent
Mazkur yo‘nalishlar uchun chiptalarni sotib olgan yo‘lovchilar temir yo‘l kassalariga yo‘l hujjatlari (chiptalari)ni taqdim etgan holda ularga chiptalarning qiymati to‘laligicha qaytariladi.
Hozirgi paytda harakati to‘xtatilgan poyezdlarning barcha yo‘lovchilari Toshkent shahriga eson-omon avtobuslarda etkazildi.