O‘zbekiston TDT doirasida eng ko‘p qaysi davlat bilan savdo qiladi?
Jamiyat
−
11 noyabr
2466Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida O‘zbekistonning eng yirik hamkori Qozog‘iston bo‘lib, uning umumiy yuk tashuvlardagi ulushi 72 foizni (11,2 million tonna) tashkil etadi. Bu haqda “Aliance-Press” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Transport va kommunikatsiya sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlash iqtisodiy aloqalarning yanada taraqqiy etishi va TDTga a’zo mamlakatlar hamda mintaqalarning umumiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
Hozirgi kunda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanib bormoqda. Xususan, o‘tgan yilda O‘zbekistonning TDTga a’zo mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 10 milliard dollarni tashkil etgan. Shundan eksport hajmi 3,6 milliard dollarni, import hajmi 6,4 milliard dollarni tashkil etgan.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yilda O‘zbekistonning TDT davlatlari bilan eksport-import yuk tashish hajmi 15,5 million tonnani tashkil etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonning umumiy xalqaro yuk tashish hajmidagi 24 foiz ulushi hisoblanadi.
TDT doirasida O‘zbekistonning eng yirik hamkori Qozog‘iston bo‘lib, umumiy yuk tashuvlardagi ulushi 72 foizni (11,2 million tonna) tashkil etadi. Ikkinchi asosiy ulush Qirg‘iziston davlatiga to‘g‘ri kelib, 3,3 million tonna (21 foiz) tashkil etdi. Ozarbayjon bilan tashishlar 69,5 ming tonna, Turkiya davlati bilan esa 937,8 ming tonnaga yetgan.
O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan o‘zaro tovar aylanmasi 2023 yil davomida 8,7 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Nashrga ko‘ra, ushbu tuzilma doirasida transport sohasida erishilgan eng yirik kelishuvlar 2022 yil 11 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti 9-sammitida imzolangan “Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida xalqaro qo‘shma yuk tashish to‘g‘risida”gi bitim va ”Transport aloqalari dasturi” hisoblanadi.
LiveBarchasi