O‘zbekiston tabiiy ofatlardan har yili qancha zarar ko‘rishi ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda har yili tabiiy ofatlar o‘rtacha 1,4 million kishiga ta’sir o‘tkazgan holda, 3 milliard dollarga yaqin zarar yetkazadi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Jahon banki va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan birgalikda “Tabiiy ofatlarga javob choralarini kuchaytirish orqali iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish” mavzusida o‘tkazgan davra suhbatida aytib o‘tildi.

Qayd eitilishicha, prognozlar iqlim o‘zgarishi tabiiy ofatlar, ayniqsa qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfini oshirishini ko‘rsatgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yirik suv toshqini mamlakat YAIMning taxminan 5 foiziga zarar yetkazishi mumkin va kuchli qurg‘oqchilik ham xuddi shunday jiddiy iqtisodiy ta’sirga ega bo‘ladi.

“Biz iqlim ssenariylarini va kelajakdagi o‘zgarishlarning iqlim prognozlarini tuzadigan modellarining prognozlari u mamlakatimizda qanday rivojlanishi hamda iqlim o‘zgarishini yumshatish uchun bajarilgan ishlarga bog‘langan holda kelgusi asrda vaziyatga qarab harorat yana 1,5 ° C va 3 ° C ga ko‘tarilishi mumkinligini ko‘rsatadi”, degani O‘zgidrometning loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Natalya Agalseva davra suhbatida.

Davra suhbati ishtirokchilari shuningdek, xavflar ta’sirini kamaytirish, jismoniy ta’sirlarni yumshatish hamda odamlar va davlat moliyasini tabiiy ofatlarning eng yomon ta’siridan himoya qilish uchun davlat investitsiyalari va institutsional islohotlarning kompleks dasturi orqali tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qildilar.


Maqola muallifi

Teglar

tabiiy ofat

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing