O‘zbekiston tabiiy gaz ishlab chiqarishni kamaytirdi
Jamiyat
−
20 may 2020
84522020 yilning yanvar-aprel oylarida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 12,7 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Davlat statistika qo‘mitasi hisoboti shundan darak bermoqda.
Tog‘-kon sanoatidagi ishlab chiqarish shu davrda ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlarining 12,2 foiziga teng bo‘ldi.
Joriy yilning ortda qolgan to‘rt oyi davomida 1213,4 ming tonna ko‘mir, 539,7 ming tonna chaqiq tosh, 232,6 ming tonna neft, 25,7 ming tonna shag‘al, 17 253,8 ming tonna tabiiy gaz, 506,9 ming tonna gaz kondensati, 41,9 ming tonna kaolin ishlab chiqarilgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘mir qazib olish – 19,1 foizga hamda chaqiq tosh – 17,6 foizga, neft qazib olish 0,6 foizga oshgan bo‘lsa, shag‘al qazib olish – 77,8 foizga, gaz kondensati – 6,4 foizga, kaolin – 46,4 foiz hamda tabiiy gaz qazib olish – 15,9 foizga pasaygan.
Avvalroq, 2020 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi 2019 yilning mos davriga nisbatan past bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi