O‘zbekiston so‘z erkinligi “bo‘g‘ilgan” davlatlar qatoridan chiqdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat tashkiloti So‘z erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingini e’lon qildi. Reytingga 180 davlat so‘z erkinligi darajasi bo‘yicha yaxshi, qoniqarli, muammoli, murakkab va juda jiddiy toifalarga bo‘lingan.

O‘zbekiston reytingda o‘z ko‘rsatkichlarini birdan 24 pozitsiyaga yaxshilab, 157-o‘rindan 133-o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston global reytingda 45,74 ball to‘plagan. Shu tariqa O‘zbekiston so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat juda jiddiy bo‘lgan davlatlar qatoridan chiqqan va murakkab mamlakatlar qatoriga qo‘shilgan.

Reyting beshta ko‘rsatkich: siyosiy, iqtisodiy, qonunchilik, ijtimoiy va xavfsizlik bo‘yicha belgilangan.

O‘zbekiston subko‘rsatkichlarda quyidagicha baholangan:

•    siyosiy – 44,75 ball (129-o‘rin);
•    iqtisodiy – 35,71 ball (123-o‘rin);
•    qonunchilik – 50,88 ball (136-o‘rin);
•    ijtimoiy – 53,33 (138-o‘rin);
•    xavfsizlik – 44,03 ball (129-o‘rin).

Reytingda birinchi o‘rinni Norvegiya (92,65 ball) egallagan. Uning ortidan Daniya (90,27 ball), Shvetsiya (88,84 ball), Estoniya (88,83 ball) va Finlyandiya (88,42 ball) o‘rin egallagan.

Ro‘yxatning quyi o‘rinlarini Myanma (176-o‘rin), Turkmaniston (177-o‘rin), Eron (178-o‘rin), Eritreya (179-o‘rin) va Shimoliy Koreya (180-o‘rin) egallagan. Reytingda AQSH 42-o‘rin, Rossiya 155-o‘rin va Xitoy 175-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

OAV so'z erkinligi matbuot

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing