O‘zbekiston “Sputnik V” vaksinasiga 70 mln doza buyurtma bergan – “Bloomberg”
Jamiyat
−
19 dekabr 2020
10998O‘zbekiston Rossiyaning Gamaleya tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasiga 70 mln doza buyurtma bergan. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar tarqatgan.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, dunyo davlatlari pandemiyadan tezroq qutulish uchun allaqachon umumiy hisobda 8,2 mlrd doza vaksinaga buyurtma bergan.
Bu miqdor agarda vaksina barcha davlatlarga teng taqsimlansa, Yer aholisining yarmini emlashga yetadi. Negaki vaksinalash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Ammo bunday bo‘lmadi. Boy davlatlar vaksina yetkazib berish bo‘yicha yirik shartnomalarni tuzib bo‘ldi. ammo nisbatan kambag‘al davlatlar 2022 yilgacha ham kutishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
15 ta farmatsevtik kompaniya vaksina yetkazib berishni boshlagan. AstraZeneca Plc vaksinasi eng xaridorgir preparat bo‘lgan. Unga 2 mlrd 947 mln doza buyurtma qilingan.
Ikkinchi o‘rindagi Novavax vaksinasiga 1 mlrd 308 mln doza buyurtma tushgan. Sanofi/GSK vaksinasiga 732 mln doza “zakaz” bo‘lgan. Uning asosiy bozori Yevropa Ittifoqi hisoblanadi.
Rossiyaning Gamaleya markazi 698 mln doza vaksinaga shartnoma tuzgan. Uning “Sputnik V” vaksinasiga asosan Hindiston (200 mln), Rossiya (160 mln), Braziliya (100 mln), O‘zbekiston (70 mln), Meksika (64 mln), Misr (50 mln), Nepal (50 mln) va boshqalar (4 mln) xaridor bo‘lgan.
Umumiy hisobda davlatlar vaksina ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan 90 ta shartnoma tuzgan. Eng katta buyurtmachi Hindiston bo‘lgan. Mamlakat 3 ta kompaniya bilan 2,2 mlrd doza vaksinaga shartnoma tuzgan. 27 davlatni birlashtirgan Yevropa Ittifoqi 1 mlrd 305 mln doza vaksina sotib olyapti.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Moliya vaziri Timur Ishmetov mamlakat 2021 yilda koronavirusga qarshi kurash choralari va vaksina sotib olish uchun 3 mlrd so‘m ajratishi haqida xabar bergandi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023