O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi inqiroz holatiga kelib qoldimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash tizimining resurslari poyoniga yetgan. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi. 

“Biz karantin choralarini yengillashtirdik. Ammo buni hamma ham to‘g‘ri tushungani yo‘q. Chet elda qolgan vatandoshlarimizni qaytarish jarayonini bir kun ham to‘xtatganimiz yo‘q”, deydi Oqilov. 

Mutaxasislarning qayd etishicha, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq asosiy holatlar chet eldan qaytayotgan o‘zbekistonliklar ichida aniqlanmoqda. Keyingi o‘rinni esa karantinda saqlanayotganlar egallamoqda. Aholi orasida koronavirus aniqlanishi esa yuqoridagi ikki holatga nisbatan kamroq. 

“Bugungi kunga kelib Sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar poyoniga yetdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Koyka o‘rinlariga to‘lgan, barcha shifokorlar jalb etilgan. Shifokorlarni bilasizlar, 14 kun ishlagach, o‘rnini boshqa xodimga topshiradi. Shifokorlar ham qolmadi, koykalar ham qolmadi. Biz yana bir taklif kiritdikki, Respublika maxsus komissiyasi buni to‘g‘ri tushunib, bu qarorni ham qabul qildi. Endilikda kasallikni alomatlarsiz o‘tkazayotgan bemorlarning barchasiga uyda davolanishga ruxsat berdik. Karantinni ham uyda va mehmonxonalarda o‘tkazishga ruxsat berganimizga qaramasdan, statsionardagi koyka o‘rinlari tugagan”, deydi Oqilov. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10 838 nafarni tashkil etmoqda. Bularning 6690 nafari sog‘aygan, 41 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

462

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing