O‘zbekiston safarda Eron bilan durang o‘ynadi
Sport
−
25 mart
7737Bugun, 25 mart kuni Tehronda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati-2026 Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi 8-turi doirasida O‘zbekiston-Eron o‘yinida jangovar 2:2 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Hojimat Erkinov hisobni ochdi. Ikkinchi taym boshida, ya’ni 52-daqiqada Taremi hisobni tenglashtirdi. 53-daqiqada Abbos Fayzullayev jarima to‘pidan gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 83-daqiqada Taremi yana bir bor O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qildi va hisob 2:2 ko‘rinishini oldi. O‘yin davomida O‘zbekiston darvozaboni O‘tkir Yusupov bir qancha seyvlar namoyish etdi. O‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi va bahs jangovar durang bilan tugadi.
8-turdan keyin Eron muddatidan avval mundial yo‘llanmasini naqd qildi, O‘zbekiston esa ochkolari sonini 17 taga yetkazib, 2-o‘ringa joylashdi va hamon JCHga chiqish uchun yaxshi imkoniyatni saqlab qoldi.
LiveBarchasi