O‘zbekiston Rossiyadan ko‘p miqdorda zirhli avtomobil sotib oldi

Olam

O‘zbekiston Rossiyadan “Tayfun” (K53949) zirhli avtomobillarining yirik partiyasini sotib oldi. RIA Novostining xabar berishicha, yetkazib berish shu yildan boshlanadi.

“Tayfun” zirhli mashinalarining katta partiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Texnikani yetkazib berish shu yildan boshlanadi”, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston 2019 yilda Rossiyadan BTR-82A zirhli transporti, “Tigr” (Yo‘lbars) zirhli avtomobili, “Sopka-2” radiolokatsiya stansiyasini sotib olgandi.

Bundan tashqari, ayni vaqtda O‘zbekistonga 12 ta Mi-35M vertolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ham imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Tayfun

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing