O‘zbekiston Rossiya bilan Termizda harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi (video)

Jamiyat

image

Rossiyalik harbiy xizmatchilar “Hamkorlik-2025” o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda bugun, 14 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Rossiya armiyasi bo‘linmalari harbiy va maxsus texnikalardan iborat kolonna tarkibida “Termiz” poligoniga marsh amalga oshirgan. Ular Tojikiston va O‘zbekiston tog‘lari bo‘ylab 300 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan.

“Amaliy harakatlar davomida harbiy kontingentlar davlat chegarasini buzgan noqonuniy qurolli tuzilmalar kichik guruhlarini aniqlash va yo‘q qilishda bo‘linmalarga boshqaruvni amalga oshirishni mashq qiladi”, deyiladi xabarda.

Rossiya Federatsiyasi kontingentining asosiy qismini tog‘ va shturm bo‘linmalari, radioelektron kurash bo‘yicha mobil guruhlar, razvedka uchuvchisiz uchish apparatlari va FPV-dronlar hisoblari tashkil etadi. Bundan tashqari, Mi-24 jangovar vertolyotlaridan iborat aviatsiya guruhi ekipajlari ham mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma taktik o‘quv-mashg‘uloti “Hamkorlik-2025” “Termiz” poligonida joriy yilning 15-21 iyul kunlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Hindistonning Puna shahridagi “Aundh” xalqaro mashg‘ulotlar bazasida “Do‘stlik – 2025” Hindiston-O‘zbekiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya harbiy mashg'ulot O'zbekiston Hamkorlik-2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing