O‘zbekiston Rossiya bilan migratsiya masalasini kelishib oldi
Olam
−
28 may
30555O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 27 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida migratsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi va bu boradagi o‘zaro aloqalarning yangi mexanizmlari bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Migratsiya sohasidagi hamkorlik masalalari muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ldi. Bu sohada o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlari bo‘yicha kelishuvga erishildi”, deyiladi Prezident matbuot xizmati bayonotida.
Muzokaralar jarayonida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasida munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga solishiga va’da berdi.
“Rossiyada milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi yashab, mehnat qilmoqda. Biz ularning Rossiya iqtisodiyotini, ayniqsa, qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, transport va logistika kabi jadal rivojlanayotgan tarmoqlarni rivojlantirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasini yuksak qadrlaymiz”, deydi Putin.
Shu bilan birga, u O‘zbekiston fuqarolaridan o‘z vatanlariga pul o‘tkazmalari O‘zbekiston iqtisodiyoti, mamlakatning turli hududlaridagi oilalar uchun jiddiy yordam bo‘lishiga umid qilmoqda.
“Rossiya hukumati biz bilan ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga munosib mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun barcha zarur ishlarni qilmoqda va qiladi, biz migratsiya sohasidagi barcha dolzarb masalalar bo‘yicha O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettiramiz”, deydi Rossiya Prezidenti.
LiveBarchasi