O‘zbekiston Rossiya bilan ittifoqqa kirishdan manfaatdorligi aytildi

Olam

image
Volodinning tahdididan AQSHning bayonotigacha. O‘zbekiston aql o‘rgatishlarga muhtojmi? north_east

Volodinning tahdididan AQSHning bayonotigacha. O‘zbekiston aql o‘rgatishlarga muhtojmi?

O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston bilan “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni yaratish loyihasidan manfaatdor, Samarqandda hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyada tomonlar muloqotni davom ettirishga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak jurnalistlarga ma’lum qildi deb yozmoqda TASS.

“Biz muloqotni davom ettirishga kelishib oldik. Biz O‘zbekiston Respublikasiga gaz yetkazib berish hajmini oshirishni ta’minlashga tayyormiz, chunki O‘zbekistonda gaz iste’moli ortib bormoqda va yaqin kelajakda o‘sadi. Va gaz bo‘yicha bu hamkorlikni kengaytirish imkoniyati mavjud. Texnik tafsilotlar yaqin orada ishlab chiqiladi”, deydi Novak. 

O‘zbekiston gaz ittifoqini amalga oshirishdan manfaatdormi degan savolga Novak shunday javob bergan:  

“Ha, albatta. Biz ishlashni davom ettirishga kelishib oldik, chunki O‘zbekiston Respublikasiga Rossiya gazini qo‘shimcha yetkazib berishdan manfaatdormiz. Takror aytaman,  biz texnik va tijorat masalalarini hal qilishimiz kerak”. 

Uning qayd etishicha, Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan “uchlik gaz ittifoqi” loyihasidan mamlakatlarning ichki gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va eksport salohiyatini oshirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda. 

“Bizda Rossiyaning yagona gaz transporti tizimini Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan bog‘lovchi rivojlangan gaz transporti infratuzilmasi mavjud bo‘lganligi sababli, bugungi kunda gaz infratuzilma orqali tranzit qilinmoqda. Kelajakda undan kengroq foydalanamiz. Jumladan, Qozog‘iston va O‘zbekistonning ichki ehtiyojlarini qondirish, eksportga yetkazib berish salohiyatini oshirish uchun”, deydi Novak.

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida Kremlda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Qozog‘iston Prezidentining ma’lum qilishicha, Putin To‘qayevga Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqini tuzishni taklif qilgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Putin To‘qayevga uch davlatning gaz bo‘yicha ittifoqini tuzish rejalarini aytgan va bu masala O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilish niyati borligini bildirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

682

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing