O‘zbekiston Rossiya bilan doimiy temir yo‘l qatnovini tiklamoqchi

Olam

image

O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan doimiy temir yo‘l qatnovini tiklamoqchi. Bu haqda “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi rahbari Oleg Belozyorov ma’lum qildi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi rahbari Oleg Belozyorov bilan temir yo‘l sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

“Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan doimiy aloqadamiz va yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq barcha masalalarni birinchi navbatda hal qilyapmiz. Doimiy qatnovlarning tiklanishiga kelsak, biz Rossiya Transport vazirligini o‘zbek tomonining taklifi haqida xabardor qildik. Yaqin vaqt ichida bu masala ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi”, deb aytgan Oleg Belozyorov o‘tkazilgan muloqot haqida fikr bildirib.

Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi temir yo‘l orqali yuk tashish hajmi barqaror o‘sib bormoqda. 2019 yilda o‘sish hajmi 4 foizni tashkil etib, 7 mln tonna yuk tashilgan. Joriy yilda ham o‘sish sur’ati davom etmoqda. 2020 yilning 7 oyida o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda yuk tashish hajmi 4,5 mln tonnani tashkil qilgan. Shunga qaramay tomonlar hamkorlik salohiyatidan to‘liq foydalanilmayotganini ta’kidlashgan.

Muhokama chog‘ida “Rossiya temir yo‘llari” OAJ koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish masalalarida ham hamkorlik qilib kelayotgani, jumladan, iyul va avgust oylarida “O‘zbekiston temir yo‘llar” kompaniyasi bilan birgalikda 5 ming o‘zbekistonlikning vatanga qaytarilishini ta’minlangani e’tirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasi 16 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus aniqlangach, to‘xtab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya temir yo'l

Baholaganlar

540

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing