O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudova namanganlik saylovchilar bilan uchrashdi

Biznes

image

Bugun o‘zining hunarmandchiligi bilan dunyoga mashhur bo‘lgan Chust tumanida O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Mahmudovaning Namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya faollari, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, uchrashuvda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudovaning bosh ishonchli vakili Inomjon Qudratov tomonidan saylovchilarga nomzod haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng Prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova saylovchilar bilan yuzlashib, mamlakat rivoji, xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirishga qaratilgan g‘oya va maqsadlari aks etgan saylovoldi dasturi va unda ilgari surilayotgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirokchilarni yaqindan tanishtirdi.

Nomzodning saylovoldi дас­турида vatan taraqqiyoti yo‘lida huquqiy demokratik, ijtimoiy davlat va barcha uchun farovonlik ta’minlangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishning sotsial-demokratik modeli taklif etilmoqda.

Ta’kidlash joizki, nomzod dasturida xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi haqidagi конституция­вий prinsip davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida таъкид­ланиб, xalq hokimiyatining yorqin timsoli bo‘lmish vakillik демократия­си institutining roli va ahamiyatini yanada oshirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash, jamiyatning innovatsion, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va inson kapitalini ривож­лантириш kabi masalalarda izchil takliflarning ilgari surilayotgani tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Dasturda subsidiyalar berish tizimini yanada takomillashtirish va maqsadli ishlatilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bojxona va soliq imtiyozlarini takomillashtirish, imtiyozlarni aniq sohalarga berish, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy bir xil o‘sishni ta’minlash, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirishni nazarda tutuvchi takliflar ilgari surilayotganligi ahamiyatlidir.

“Biz ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish orqali fan-ta’lim-ishlab chiqarish tizimlarining uzviy aloqadorligini ta’minlaymiz. Adolatli jamiyat va huquqiy davlat barpo etishda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyaning ahamiyatini oshirish choralarini ko‘ramiz. Biz nafaqat olimlarni, balki ixtiro va ixtirochilarni ham qo‘llab-quvvatlaymiz, rag‘batlantiramiz va ularga zarur shart-sharoitlar yaratamiz.

Shuningdek, intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish, mualliflik huquqlari buzilishi holatlariga nisbatan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, iqtisodiyotning haqiqiy lokomotivi bo‘lgan injener, texnolog, agronom-mexanizator kabi mutaxassislarning sonini ko‘paytirish va malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash choralarini ko‘ramiz”, dedi prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova saylovchilarga dasturining ustuvor yo‘nalishlarini tanishtirar ekan.

Uchrashuv davomida partiya faoli, Namangan davlat universiteti prorektori Narimon Dehqonov, xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Saidolim Abdurahmonov, partiyaning viloyat Kengashi “Yosh adolatchilar” qanoti raisi Abdulbosit Sobirxonov, va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Nozima Akbarova so‘z olib, Prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudovaning saylovoldi dasturi yurtparvar g‘oya va maqsadlar jamlanmasi ekanligini e’tirof etish barobarida, yig‘ilganlarni kutilayotgan muhim siyosiy tadbirda Robaxon Mahmudovaga ovoz berishga chaqirdi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan berilgan savollarga prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova batafsil javob berdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudovaning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Adolat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing