“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari bilan ishlash va ularning xizmat o‘tashini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgani haqida xabar bergan edik. 

Mazkur farmon bilan, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining faxriy xodimi” idoraviy ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Ushbu ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmat intizomi va benuqson uzluksiz xizmati uchun tashabbuskor va vijdonli xodimlari taqdirlanadi. 

Farmondagi yana bir o‘ziga hos jihat soha xodimlari orasida ustoz-shogird an’analariga alohida urg‘u berilayotganidir. Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlariga ustoz-shogird an’anasini joriy qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlanadi, bunda ustozlar zaxirasini shakllantirish tartibi, rag‘batlantirish va intizomiy jazolash choralarini qo‘llash bilan ustozlar ishini tashkil qilishning ta’sirchan mexanizmi nazarda tutiladi. 

•    O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida ustozlar mutaxassislik bo‘yicha kamida besh yil xizmat qilgan, yuksak kasbiy fazilatlarga, xizmatda samarali ko‘rsatkichlarga va tarbiyaviy yo‘nalishda ko‘nikmalarga ega bo‘lgan eng tajribali xodimlar orasidan tanlab olinadi;

•    ustozlarga, qoida tariqasida, ko‘pi bilan bir nafar ofitserlar tarkibidan bo‘lgan xodim, uch nafargacha serjantlar tarkibidan bo‘lgan xodimlar, besh nafargacha safdorlar tarkibidan bo‘lgan xodimlar biriktiriladi;

•    ustozlar o‘zlariga biriktirilgan xodimlarning ta’lim-tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganida, shuningdek xodimlar lavozimga kirishishi davrida xizmat intizomini buzgan hollarda ustozlar, ayblik darajasidan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda intizomiy jazoga tortiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya Prezident farmoni

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing