O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori Koreya Respublikasi Bosh Prokurori bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Koreya Respublikasi Bosh prokurori Mun Mu-il boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura organlarida bo‘layotgan asosiy yangilanish jarayoni haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan ikki davlat bosh prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlik professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish orqali izchillik bilan rivojlanayotganligi ta’kidlandi.

Suhbatdoshlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.

Koreya delegatsiyasining tashrifi shakllangan sermahsul aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash yo‘lida muhim qadam ekanligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida janob Mun O‘zbekiston Bosh prokuroriga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, o‘zaro manfaatli idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Janubiy Koreya

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing