O‘zbekiston “pul yuvish” indeksida 43-o‘rinni egalladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston pul yuvishga qarshi kurash indeksida 43-o‘rinni egalladi. Bu haqda Bazel davlat boshqaruvi instituti hisobotida aytilgan.

Bazel davlat boshqaruvi instituti mutaxassislari 141 mamlakatda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ko‘rilgan choralar samaradorligini tahlil qildilar.

Reytingda eng quyi pog‘onalarda turgan davlatda noqonuniy pullarni legallashtirish darajasi past ekanini anglatadi.

Reytingda birinchi o‘rinni Afg‘oniston egallagan. Undan keyingi o‘rinlarda Gaiti (2-o‘rin) va Myanma (3-o‘rin) qayd etilgan. 141-o‘rin Estoniyaga nasib qilgan. Undan yuqoriroqda Andorra (140-o‘rin), Finlyandiya (139-o‘rin) va Bolgariya (138-o‘rin) joy olgan.

Reytingda O‘zbekiston 43-o‘rin, Rossiya 52-o‘rin, Turkiya -41 o‘rin, Ukraina 67-o‘rin, Qozog‘iston 73-o‘rinni egallagan.

Bazel instituti indeksi rasmiy va ochiq manbalarga, ekspert xulosalariga asoslanib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi indekslar to‘g‘risidagi hisobotlarni nashr etadigan, shuningdek, dunyo bo‘ylab noqonuniy moliyaviy oqimlarni tahlil qiladigan xalqaro tashkilotdir.


Maqola muallifi

Teglar

reyting pul yuviy

Baholaganlar

265

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing