O‘zbekiston Portugaliyaga yangi elchi tayinladi
Jamiyat
−
28 may 3569 1 daqiqa
O‘zbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Parij shahrida joylashgan) Nodir G‘aniyev ushbu mamlakat Prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Belem” saroyida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimdan so‘ng kechgan muloqot chog‘ida Portugaliya Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollarini yuqori baholagan. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, Prezident Nodir G‘aniyevni ushbu lavozimga tayinlagani bilan tabriklab, unga Portugaliya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilagan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 12 avgustda o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Norvegiyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V'ga ishonch yorliqlarini topshirgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr