O‘zbekiston Norvegiyaga yangi elchi tayinladi

Olam

image

O‘zbekistonning Norvegiyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida joylashgan) Rahmatulla Nurimbetov joriy yilning 15 may kuni ushbu mamlakat Qiroli Xarald V'ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston–Norvegiya munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, “yashil” energiyani rivojlantirish, qashshoqlikni kamaytirish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi rolini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 iyunda o‘rnatilgan. Rahmatulla Nurimbetov 2024 yilning 15 oktyabr kuni O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi sifatida Stokgolm shahriga borgandi va 4 dekabr kuni Qirol Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Estoniyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) Temur Rahmonov joriy yilning 16 aprel kuni ushbu davlat Prezidenti Alar Karisga ishonch yorliqlarini topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Norvegiya Stokgol'm Rahmatulla Nurimbetov yangi elchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing