“O‘zbekiston pochtasi”ga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
11 iyul 2019
4629“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining Bosh direktori vazifasini bajaruvchisi tayinlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 11 iyul kuni “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibidagi “O‘zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori vazifasini bajaruvchisini tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masala muhokama etilgach, Kuzatuv kengashi raisi va a’zolarining takliflariga asosan “O‘zbekiston pochtasi” AJning Bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib Alisher Nasibullayevich Fayzullayev tayinlandi.
Alisher Fayzullayev bungacha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi