O‘zbekiston Parij-2024 Olimpiadasi tayyorgarligi uchun 73 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi
Sport
−
23 may
5102O‘zbekistonlik sportchilarning 2024 yilning birinchi choragida Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarligi va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun 73 milliard 355 million 700 ming so‘m sarflandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistondagi sport tashkilotlari tomonidan tizimli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus inventarlar xaridi, tibbiy-biologik ta’minot, sportchilarning turnir va chempionatlarda ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlar ham davlat mablag‘lari tomonidan moliyalashtirilmoqda.
LiveBarchasi