O‘zbekiston Parashaxmat olimpiadasida tarixiy natija qayd etdi

Sport

image

Bugun, 17 sentyabr kuni O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan III Parashaxmat olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

36 davlatdan 41 ta jamoa va 164 nafar yetakchi shaxmatchi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston 3 ta jamoa bilan qatnashdi. Hal qiluvchi 7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Polsha 1-o‘rinni, Kuba 2-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston paraterma jamoasi esa 11 ochko bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston parashaxmati tarixida ilk bor Olimpiadada bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Samarqand mezbonlik qilayotgan III Parashaxmat olimpiadasi jamoalar soni va ishtirokchilar qamrovi bo‘yicha ham rekord natija qayd etdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing