O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon va Armaniston chegarad hududida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarga munosabat bildirdi.

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Ozarbayjon-Armaniston chegarasida insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan vaziyatdan jiddiy tashvishda ekanligini ta’kidlagan.

Mazkur hududdagi holatning yanada keskinlashishi tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi, MDH hududidagi muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiyalarni buzishi, mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkin.

“O‘zbekiston tomonlarning o‘ta sabr-toqatli bo‘lishi tarafdori va holatni barqarorlashtirish hamda mazkur vaziyatdan chiqish uchun siyosiy-diplomatik muzokaralarga chaqiradi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston va Ozarbayjon chegarasida 12 iyul kuni qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Har ikki tomon ham mojaroning kelib chiqishida bir-birini aybladi.

Qurolli to‘qnashuvlarda ozarbayjonlik general va polkovnik halok bo‘lgani aytildi. BMT tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

508

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing