O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari tarixida ilk bor kibersport bo‘yicha medal oldi
Sport
−
18:21 488 1 daqiqa
Bugun, 23 sentyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 4-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun dasturidan o‘rin olgan kibersport bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi futbol bahslarida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Futbol simulyatori dasturida ishtirok etgan Abubakr Iminjonov va Farruh Mirhamidov yarim finalga qadar yetib borib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Shu tariqa, mazkur medal O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlari tarixida kibersport bo‘yicha qo‘lga kiritgan ilk sovrini bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, kibersport Osiyo o‘yinlari dasturiga ilk bor 2018 yilda Jakarta–Palembang Osiyo o‘yinlarida kiritilgan. Biroq o‘sha musobaqada kibersport ko‘rgazmali sport turi maqomida o‘tkazilgan va qo‘lga kiritilgan medallar umumiy medallar jadvaliga kiritilmagan. 2020 yil dekabr oyida Osiyo Olimpiya kengashi kibersportni Osiyo o‘yinlarining rasmiy medal beriladigan sport turi sifatida dasturga kiritish qarorini qabul qildi.
Shundan so‘ng, 2023 yilgi Xanchjou Osiyo o‘yinlarida kibersport ilk bor rasmiy medallar uchun o‘tkaziladigan sport turiga aylandi.
Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 10 taga ( 1 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza) yetdi. Ayni damda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 14-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi