O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan yana 100 mln dollar qarz oladi
Jamiyat
−
06 dekabr 2023
4129Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar miqdoridagi kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bank saytida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, OTB dasturi O‘zbekistonni yuqori foiz stavkalari va yuqori garov talablariga ega banklar hukmronlik qiladigan moliya sektorida kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish muammolarini hal etishga yordamlashmoqchi.
OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukovning aytishicha, ushbu dastur O‘zbekistondagi kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi qadamdir.
“O‘zbekistonda oqilona umumiy makroiqtisodiy yondashuvga asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilar ekan, kichik va o‘rta korxonalar diversifikatsiyalangan iqtisodiy o‘sishni, samaradorlikni va qo‘shimcha qiymatga ega rasmiy bandlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi”, deydi Jukov.
Bu eksport mahsulotlari va bozorlarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish orqali kichik va o‘rta biznesda savdo raqobatbardoshligining oshishiga yordam beradi. Shuningdek, bozor talablariga javob beradigan ko‘nikmalarni, ayniqsa, ayollar va yoshlarning ish bilan ta’minlanishiga hissa qo‘shadi.
“Dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kichik va o‘rta korxonalarning o‘sishi va ko‘payishini rag‘batlantiradi. O‘z navbatida bu soliq bazasining kengayishi va ichki resurslardan samarali foydalanish degani hamdir ”, deydi OTBning Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Priyanka Soud.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston OTBga 1995 yilda a’zo bo‘lgan. O‘shandan beri bank mamlakatga 10,8 mlrd AQSH dollari miqdorida qarz, grant va texnik ko‘mak taqdim etgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr