O‘zbekiston orqali o‘tadigan xalqaro transport yo‘lagi tashkil etiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 sentyabr kuni Dushanbe shahrida “Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” transport yo‘lagi bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhning birinchi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. 

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) boshchiligida o‘tkazilgan ishchi guruh yig‘ilishida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi mutaxassislari ishtirok etgan.

Avvalroq, IHTga a’zo davlatlar Transport vazirlarining 11-yig‘ilishida qabul qilingan Anqara deklaratsiyasiga ko‘ra, ushbu multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha loyiha dasturini ishlab chiqishga kelishib olingan edi.

Joriy yig‘ilishda yuk tashishlarni ko‘paytirish va savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish, xususan dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlar uchun xalqaro tranzitni rivojlantirish va rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya Tojikiston O'zbekiston Eron Turkmaniston xalqaro transport yo'lagi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing