Rasman: O‘zbekiston “omikron” sabab qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2021  yil 3  dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan  xalqaro aviaqatnovlar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilandi.

“Jahondagi murakkab epidemiologik vaziyat O‘zbekiston Respublikasi aholisini ham ogohlikka chaqirish, fuqarolarimiz o‘rtasida ehtiyotkorlik susayib ketishining oldini olish zarurati paydo bo‘lganini ko‘rsatmoqda.

Shundan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida yangi yil arafasida mamlakatimizda epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish va yurtimiz hududiga koronavirus infeksiyasining yangi “omikron” shtammi kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bir qator masalalar ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.

2021 yil 3 dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar:

  • Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan  xalqaro aviaqatnovlar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatildi;
  • Mazkur davlatlarning fuqarolari va ushbu davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida yuqoridagi davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaydi.

Mas’ul vazirlik va idoralar ushbu davlatlardagi mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda ular bilan xalqaro aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash yuzasidan taklif kiritib borishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

omikron

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing