O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi keskin kamaydi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2021
15139O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1 oktyabr holatiga 34 mlrd 414 mln dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan bir oyda mamlakatning xalqaro zaxiralari 1,02 milliard dollarga yoki 2,9 foizga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) miqdori bir oy davomida 479 million dollarga qisqarib, 11 mlrd 950 million dollarga tushib qolgan.
Bir oyda O‘zbekistonning oltin zaxirasi 12,1 millionn troy unsiyadan 12,3 million troy unsiyaga yetgan. Oltin zahirasi narxi 21,34 mlrd dollarga yetgan. Sentyabrga nisbatan 528,1 mln dollarga kamaygan.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi sof xalqaro zaxiralari 2021 yil boshiga nisbatan 489,7 mln dollarga kamaygan.
Markaziy bank izohiga ko‘ra, oltin narxining o‘tgan oyga nisbatan 1814,30 dollardan 1730,95 dollargacha pasayishining ta’siri 1,03 mlrd dollarni tashkil qildi. Shuningdek, qimmatbaho metall sotib olinishida yuzaga keladigan qo‘shimcha likvidlikni neytrallik prinsipiga muvofiq sterilizatsiya qilish uchun yo‘naltirilgan valyuta miqdori 0,5 mlrd dollarni tashkil etdi.
LiveBarchasi