O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi qatorasiga uchinchi oy kamaydi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2022
4417O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 33 mlrd 496,1 mln dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 583,8 mln dollarga kam. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12,5 mln troy unsiyani tashkil qilmoqda va bu o‘tgan nisbatan 0,2 mln troy unsiyaga ko‘p. Uning moliyaviy qiymati 21 mlrd 1,9 mln dollardan 20 mlrd 977 mln dollarga kamaygan.
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 12 mlrd 44,2 mln dollardan 11 mlrd 502,3 mln dollarga kamaygan.
Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 1,64 mlrd. dollarga yoki 4,7 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1672,75 dollargacha pasayishining ta’siri 1,59 mlrd. dollarni tashkil qildi.
LiveBarchasi