O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 2 mlrd dollarga ko‘paydi
Jamiyat
−
21 yanvar 2021
5548Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 34 mlrd 904 mln dollarni (dekabr oyida 32,9 mlrd dollar) tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bank statistikasida ma’lum qilingan.
Deyarli barcha aktivlar oltin (20 mlrd 216,7 mln dollar) va chet el valyutalari (14 mlrd 303,9 mln dollar) ko‘rinishida saqlanmoqda.
Dekabr oyida oltin hajmi 0,3 mln unsiyaga ko‘paygan. Hozirda zaxirada mavjud oltinning sof hajmi 10,7 mln unsiyaga teng. Oltin zaxiralarining qiymati bir oy davomida 1 mlrd 761 mln dollarga ko‘paygan.
Oltin-valyuta zaxiralari mamlakat uchun “himoya yostiqchasi” hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar rivojlanayotgan davlatlarga 3 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiralarni saqlashni tavsiya qilgan.
LiveBarchasi