O‘zbekiston Oliy sudining ikki sudyasi lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, Rahmatilla Salaydinovich Orziqulov hamda Shuhrat Esonbayevich Rajabov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Sud

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing