O‘zbekiston olimpiyachilarining Osiyo kubogidagi raqiblari aniq bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 23 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shaharida U-23 Osiyo kubogining final bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston musobaqaning “D” guruhidan joy oldi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, musobaqa guruh bosqichida O‘zbekiston Olimpiya termasiga Vetnam, Quvayt va Malayziya jamoalari raqiblik qiladi.

“B” kvartetini bemalol “o‘lim” guruhi deyish mumkin, chunki ushbu kvartetdan Yaponiya, Janubiy Koreya, BAA va Xitoy jamoalari o‘rin oldi.

Ta’kidlash joiz, Temur Kapadze shogirdlari shu yil Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medallariga ega chiqqandi.

Ma’lumot uchun, U-23 Osiyo kubogi 2024 yil 15 apreldan 3 mayga qadar o‘tkaziladi. Turnir sovrindorlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Olimpiadaga yo‘l olsa, 4-o‘rin egasi pley-off o‘yinida Afrika vakili Gvineya bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Janubiy Koreya Yaponiya BAA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made