O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi taqvimi e’lon qilindi

Sport

image

Shu yilning 23 sentyabridan 8 oktyabrigacha Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarning futbol turida ishtirok etadigan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoalarining o‘yinlar taqvimi ma’lum bo‘ldi.

Futbol o‘yinlari musobaqa ochilishidan to‘rt kun avval start oladi. Timur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi musobaqadagi yurishini “C” guruhida Afg‘onistonga qarshi boshlaydi. Bahs 20 sentyabr kuni “Shangcheng” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ayollar o‘rtasidagi o‘yinlarda ishtirok etadigan O‘zbekiston jamoasi dastlabki turda Mo‘g‘uliston bilan to‘qnash keladi. O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston o‘yiniga 25 sentyabr kuni “Linping” arenasi mezbonlik qiladi. O‘yin soat 16:30 da boshlanadi.

Taqvim:

“C” guruhi, erkaklar:

1-tur: O‘zbekiston – Afg‘oniston (20 sentyabr, “Shangcheng”, soat 13:00);

2-tur: O‘zbekiston – Gonkong (22 sentyabr,  “Shangcheng” 16:30);

3- tur: O‘zbekiston – Suriya (25 sentyabr,  “Shangcheng”, 13:00).

“A” guruhi, ayollar:

1-tur: O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston (25 sentyabr, “Linping”, 16:30);

2-tur: O‘zbekiston – Xitoy (28 sentyabr, “Linping”, 16:30).


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing