O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi xalqaro musobaqada qatnashadi

Sport

image

Ayni kunlarda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Marokashda o‘quv-yig‘in mashg‘uotlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiyatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Timur Kapadze murabbiyligidagi jamoa Marokashda xalqaro turnirda ishtirok etadi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun, 22 mart kuni ilk uchrashuvda maydonga tushadi. Dastlabki o‘yin Togo U-23 jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. Shuningdek, musobaqa doirasida O‘zbekiston olimiyachilari Marokash va Kot-d'Ivuar U-23 jamoalari bilan ham bahs olib boradi.

O‘zbekiston U-23 jamoasining o‘yinlari Rabot (“Stade Moulay Hassan”), Kenitra (“Stade Munisipal de Kenitra”) va Muhammadiya (“Stade El Bachir”) shaharlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Olimpiya terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made