O‘zbekiston olimlari koronavirusga qarshi pomidor-vaksina yetishtirishni boshladi

Jamiyat

image

O‘zbek olimlari koronavirusga qarshi pomidor yaratdi. Uni iste’mol qilganlar COVID-19 ga qarshi emlangan hisoblanadi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturi xabar bermoqda. 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi genomika va bioinformatika markazi olimlari COVID-19 ga qarshi vaksina sifatida iste’mol qilinadigan pomidor ixtiro qilishdi.

Aytilishicha, ushbu pomidor iste’mol qilinganda oshqozonda parchalanadi va natijada antigen hosil qiladi. 

Olimlarning ta’kidlashicha, ular O‘zbekistonda uchrayotgan koronavirusning toj qismini olib o‘simlik hujayrasida tekshirib ko‘rishgan va haqiqatdan ham undan vaksina ajralib chiqayotganiga guvoh bo‘lishgan. 

Ma’lum qilinishicha, pomidor yuqori haroratda pishirilganda anti tanachalar hosil qiluvchi vaksina parchalanib ketadi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, vaksinalar yaratish bo‘yicha yana bir loyiha ustida ish olib borilmoqda. 

“Xalqaro molekulyar allergologiya markazi bor, ana usha yerda Vena universiteti bilan hamkorlikda yaqin orada katta loyihaga qo‘l uramiz. Qoramollar koronavirusga qarshi vaksina bilan emlansa, uning sutida immunoglobulin A paydo bo‘ladi. Shundan so‘ng, sutini pasterizatsiya qilib, qaynatmay ichilsa, sutdagi immunoglobulin A virusga qarshi kurashadi”, deydi vazir.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya va Kanadada koronavirusga qarshi vaksina sifatida sut va jo‘hori kabi mahsulotlardan foydalanishmoqda. Ularning klinik sinovlari ham yakuniga yetgan. 

Olimning so‘zlariga ko‘ra, agar biz qatiq mahsulotini iste’mol qilsak, u oshqozonimiz orqali ichaklarga o‘tadi va antitanachalar shimilishi natijasida koronavirusga qarshi immunitet hosil bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina pomidor

Baholaganlar

287

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing