O‘zbekiston Ochiq ma’lumotlar reytingida 125 pog‘ona yuqoriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) - Ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ball yig‘ib, jahon bo‘yicha 187 mamlakat orasidan 44-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.

Ochiq ma’lumotlar reytingida O‘zbekiston Osiyo davlatlari orasida eng katta o‘sish kuzatilgan mamlakat bo‘ldi.

Reyting ikki qismni o‘zida mujassamlashtirgan: ma’lumotlarning ochiqligi va qamrovliligi. O‘zbekiston ochiqlik bo‘yicha dunyoda 36-o‘rinni, qamrovlilik bo‘yicha71-o‘rinni egallagan. Umumiy holatda esa 44-o‘rinni band qilgan.

O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha bir yilda 125 o‘ringa yuqorilagan bo‘lib, dunyo miqyosida O‘zbekiston bilan bir xil darajadagi o‘sish faqat Karib dengizidagi Sent-Lyusiya orol-mamlakatida kuzatilgan.

Open Data Watch – ochiq ma’lumotlar va rasmiy statistika o‘rtasida faoliyat olib boruvchi xalqaro notijorat tashkilot hisoblanadi. The Open Data Inventory (ODIN) reytingi esa mamlakatning statistik takliflari qanchalik to‘liqligini va ulardagi ma’lumotlar xalqaro ochiqlik standartiga mos kelishini baholaydi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting

Baholaganlar

128

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing