O‘zbekiston nufuzli IDUAI forumiga taklif etilgan ikki mamlakatdan biri bo‘ldi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2020
626628-29 sentyabr kunlari Xalqaro axborotdan umumiy foydalanish kuni (The International Day for Universal Access to Information, IDUAI)ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn muhokama bo‘lib o‘tadi.
Unda UNESCO bosh direktori Odri Azule ishtirok etadi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston nomidan Bosh vazir o‘rinbosari, UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov va boshqalar ishtirok etadi.
Tadbir Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, Twitter ijtimoiy tarmog‘i, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, “Transparency International” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Shu o‘rinda O‘zbekiston bu kabi nufuzli forumga taklif qilingan yagona mamlakat ekanini ta’kidlash muhim.
Tadbir mavzusi: “Jonni omon saqlab, ishonchni mustahkamlab, umid bag‘ishlab axborot olish”.
Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi 28 sentyabrni Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni deb e’lon qilgan.
LiveBarchasi